Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Qayta kirish uchun viza

Maqola

Qayta kirishga viza quyidagi hollarda so’ralishi mumkin:

  • Sizning pasportingiz va undagi Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomangiz yangi pasportga ariza berganingiz sababli O’zbekistonning mas`ul idoralari tomonidan olib qo’yilsa
  • Siz pasportingiz va undagi Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomangizni yo’qotgan yoki o’g’irlatgan bo’lsangiz
  • Siz Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan, elektron ruxsatnomangiz (Scheckkarte)ni yo’qotgan yoki o’g’irlatgan bo’lsangiz
  • Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomangiz muddati o’tgan va Siz olti oydan ortiq vaqt oldin Germaniyadan chiqib ketgan bo‘lsangiz.

Quyidagi hollarda qayta kirish uchun vizaga ariza berish shart emas:

  • Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomangiz eski pasportni yo'q qilish orqali zararlanmagan bo’lsa va eski pasportingiz saqlanib qolgan bo’lsa, eski hamda yangi pasportingiz bilan Germaniyaga qayta kirishingiz mumkin.
  • Qo’shimcha Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan, amal qilish muddati tugamagan elektron ruxsatnomangiz (Scheckkarte) bo’lsa, eski va yangi pasportingiz hamda mavjud ruxsatnomangiz bilan Germaniyaga qayta kirishingiz mumkin.

Germaniyaga qayta kirish vizasi uchun Germaniyadagi yashash joyingizdagi mas`ul xorijiy fuqarolar ishlarì bo’yicha idoraning roziligi kerakligi sababli, vizaga ariza topshirishdan oldin idora bilan bog’lanib, undan oldindan rozilik “Vorabzustimmung” berishini so’rashingiz mumkin. Oldindan rozilik berish yoki bermaslik xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora ixtiyoriga havola. Agar rozilik oldindan berilmasa, elchixona viza jarayonida idoraning ishtirokini ta`minlaydi. Germaniyaga kelganingizdan so’ng darxol Sizga taaluqli bo’lgan xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idoraga murojaat qiling va Germaniyada vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berilishiga hujjat topshiring.

Qayta kirish uchun vizaga ariza berishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim

  • Amal qilish muddati tugamagan, egasi tomonidan imzolangan pasport
  • Agar pasport yoki Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomangiz yo’qolgan yoki o’g’irlangan bo’lsa, bu haqda politsiya mahkamasining protokoli
  • Mavjud bo’lsa: Germaniyada vaqtincha qolish uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik qolish uchun berilgan karta nusxasi yoki Sizning Germaniyada uzoq muddatli qolishingizni asoslovchi hujjatlar (turar joydan ma`lumotnoma/talabalik guvohnomasi)

Ba`zi hollarda elchixona qo’shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Ijobiy qaror qabul qilinsa, viza berilishidan avval (agar avval berilmagan bo’lsa) tibbiy sug’urtalanganingiz haqidagi tasdiqnomani taqdim etishingiz lozim.

Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar jarayonni sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.


Sahifa boshiga qaytish